Radius21 - Dubay

Radius 21

Dubay

Moviy dengiz soxilida otel,
Yonimda mallasoch madmuazel.
Jazirama yoz fasli iyul,
Qo’llarida bir dona atirgul.

Tungi kafe va jonli musiqa,
Har bir xazil, har bir daqiqa,
Yodimda har bir so’z, har bir nigoh,
Biz sen bilan tanishgan oromgoh.

Bor-yo’gi o’n ikki kun atigi,
Bundan ortiq bo’lolmasmiz birga.
Sevgim armon endi bir umrga,
Qarab to’ymadim moviy ko’zlaringga.

Dubay, dubay, dubay, dubay,
Ko’rishmasak mayli, jonim, goodbye,
Только смотри, mani sevgim не забывай. (x2)

Sevgim gunoh, jonim meni kechir,
O’ksinmagin, bir narsa de, gapir.
Axir bola-chaqam bor, kutar xotinim,
Ota-onam, kutmoqda vatanim.

O’tinaman go’zalim iltimos,
Xat yozsang faqat ishxonamga yoz.
Maktubdagi atirlaring
Menga eslatsin moviy ko’zlaring.

Iliq shamol va labingdagi bol,
Sen tomon olib ketadi xayol.
O’z-o’zimga beraman bir savol:
Ko’risharmikanmiz ehtimol?

Dubay, dubay, dubay, dubay,
Ko’rishmasak mayli, jonim, goodbye,
Только смотри, mani sevgim не забывай. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dubay
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 18, 2014