Radius 21 va Umidshoh - Erkakcha gap

Radius 21

Erkakcha gap

Erkakcha gap – bitta gap,
O`sha-o`sha gap.
Qolgani bekor,
Kelishilgan “договор”. (x4)

Va’da bergandi va aldagandi,
O`zining “авторитет”ini o`ylamagandi.
Pulga sotilgandi, yeb to`ymagandi,
Kelishilgan qoidaga bo`ysunmagandi.

Yo`qoladi oqibat, orada munosabat,
Sherigining “доля”siga qilganda xiyonat.
Nafsi yomon odam boshingizga balo,
Firibgarga gar bo`lsangiz mubtalo.

Muammoni bartaraf har ikkala taraf,
Birgalikda eski gap – gapligicha gap.
“Договор дороже денег”, dard kam, kam ukam,
Bizlarning tavakkal – “Erkakcha gap bitta gap”.

Erkakcha gap – bitta gap,
O`sha-o`sha gap.
Qolgani bekor,
Kelishilgan “договор”. (x4)

Bori baraka, bo`lamiz aka-uka,
Lekin ikkala tomon kelishmagani yomon.
Hamon qiynaydi masala, ba’zi narsalar,
Mana masalan, pul orani buzadi nuqul.

Kim bunda aybdor, ha, xabari bor,
Odamlar, qani gapiringlar kim?
Odamlar jim, o`zim uchun talashaman,
Yo`q o`zga ilojim.

Muammoni bartaraf har ikkala taraf,
Birgalikda eski gap – gapligicha gap.
“Договор дороже денег”, dard kam, kam ukam,
Bizlarning tavakkal, bizlarning tavakkal.

Erkakcha gap – bitta gap,
O`sha-o`sha gap.
Qolgani bekor,
Kelishilgan “договор”. (x4+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erkakcha gap
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2017