Radius 21 – Mag'rur

Radius 21

Mag’rur

Tovba, bizga nima bo`lgan?
Doim urushganimiz-urushgan.
Go`zalim, xato qilmaylik,
Eshik ortida baxtsizlik.

Bir-birimiz tushunmaymiz,
O`rtada sarson sevgimiz.
Titrar qo`rquvdan qalbimiz,
Sevgimiz jar yoqasida.

Sevgimizdan g`urur ustun,
Sen ila men – kunduz va tun,
Oramizda shunchaki bir qadam,
Jonginam. (x2)

Sendan xafaman, sen mendan,
Charchadik bir-birimizdan.
Nima qoldi sevgimizdan?
Kuni bo`yi urush-janjal.

Qovushmas hech gaplarimiz,
Yorishmas chehralarimiz,
Yoshga to`lgan ko`zlarimiz,
Sevgimiz jar yoqasida.

Sevgimizdan ustun g`urur,
Sen ham mag`rur, men ham mag`rur,
Oramizda shunchaki bir qadam,
Jonginam. (x2)

Ko`ngilda bir dunyo bo`laman,
Sen ko`nglimni topa olmaysan.
Sen izlagan daryo bo`laman,
To`g`on bo`lib yopa olmaysan.

Tushlaringga kirmasman hech ham,
Ko`zlaring ham tushmaydi sira.
Men azobman seni suyagan,
Tuyulganda dunyolar xira.

Men xayolman senga ovunchoq,
Dardlaringga malham bo`laman.
Senku meni topa olmaysan,
Sen topgan kun ketgan bo`laman.

Sevgimizdan g`urur ustun,
Sen ila men kunduz va tun,
Oramizda shunchaki bir qadam,
Jonginam.
Sevgimizdan ustun g`urur,
Sen ham mag`rur, men ham mag`rur,
Oramizda shunchaki bir qadam,
Jonginam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mag’rur
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2016