• Radius21 va Zebo - Olib ket (Seni sevaman)

    Radius 21, Zebo

    Olib ket

    Hayron bo’lma nega osmon bugun o’zgacha,
    Qanday ajoyib bugungi yulduzli kecha,
    Kirib chiqding tushlarimga, topib oldim seni,
    Yo’qotmagin meni, o’tinaman sendan.

    Ko’zlaring yulduzlar aro meni rom etar,
    Qoshlaring oy va tun kabi meni sehrlar,
    Yuzlaring silagim kelar, kuylagim kelar,
    Sochlaring ko’k bulutlar ichra parvoz etar.

    Tongda bosib yo’llaringga gul to’kgim kelar,
    Tunda bosib yo’llaringga lab bosgim kelar,
    Yonimda bo’lmasang qalbimga qo’rquv kelar,
    Asli to’ymasman senga, ming yillar yetmas.

    Xohlasang agarda sen uchun ado bo’lay,
    Istasang agarda sen uchun gado bo’lay.
    Tilim ojiz, aylanding orzuimga,
    Kirib kelding dilimga, olib ketgin tushingga.

    Tortib boylab o’zingga, qo’lim boylab qo’lingga,
    Bu qorong’u tushlardan meni olib ket.
    Notanish bu ko’zlardan, begona bu yerlardan,
    Uyqusiz bu tunlardan meni olib ket.

    Doim ushla yoningda, doim tutgil yodingda,
    Doim saqla qalbingda meni olib ket.
    Ayirmagin o’zingdan, quloq solgin dilingga,
    Sensiz hayot yo’q menga meni olib ket.

    Seni ko’rsam tushlarimda yuragim yashnar,
    Sen bilan bog’liqdir barcha sehrli onlar.
    Vujudim parchasin, barchasin topshirdim senga,
    Yuragim tutqazdim senga, hayron bo’lding nega?

    Ishonmasman ko’zlarimga, quloqlarimga,
    Ozodlik berdm, berdim ovoz qalbimga.
    Hamrohing bo’lay, vafodoring men bo’lay,
    Tongda isming aytib chaqirguvchi yor bo’lay.

    Olib ketgin tushlaringga yolg’iz qo’yma meni,
    Mahkam boyla yuragingga zanjirlagin meni.
    Doim o’yla, yodda tutgin, doim saqla meni,
    O’tinaman sendan javob qaytar menga.

    Ko’zlarim uzolmay boqardim ko’zlaringga,
    So’zlarim topolmay qarardim yuzlaringga,
    Ozodlik berdim, aylanay orzuingga,
    Kirib kelay dedingga, olib ketgin tushingga.

    Tortib boylab o’zingga, qo’lim boylab qo’lingga,
    Bu qorong’u tushlardan meni olib ket.
    Notanish bu ko’zlardan, begona bu yerlardan,
    Uyqusiz bu tunlardan meni olib ket.

    Doim ushla yoningda, doim tutgil yodingda,
    Doim saqla qalbingda meni olib ket.
    Ayirmagin o’zingdan, quloq solgin dilingga,
    Sensiz hayot yo’q menga meni olib ket.

    Seni sevaman… seni sevaman…
    Seni sevaman… seni sevaman…
    Seni sevaman… seni sevaman…
    Seni sevaman… seni sevaman…