• (Ona, sog`indim yana,
    Yana sog`indim, ona.
    Ona, sog`indim yomon,
    Sizni o`ylayman hamon.)

    [J Sulton]
    Onajonim, eslayman man sizni har tong,
    Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
    Kulib turgan chehrangizni ko`rsaydim bir bor,
    Unitardim dunyo g`amin ayni shu g`ubor.

    Sizni quyosh ko`rganida qidirar pana,
    Nur chehrangiz yorishganda hatto oy xafa.
    Qani endi ko`rganimda yana bir bor ko`zlariz,
    Bu yerlarda sog`inaman sizni shirin so`zlariz.

    [Radius 21]
    Bolam, deb erkalab qo`yolmaysiz, nachora,
    Qo`llaringizni silab, yig`lab olsam man zora.
    O`tdi mani yosh boshim endi qandoq kunlardan,
    Sotdi soxta do`stlarim, chaldi orqa tomondan.

    Eslayman so`zlaringiz, yosh bo`lganimda
    Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko`chada,
    Oqibatda kim bo`ldim, o`zim uchun kech bildim,
    Hayot endi ko`rsatadi asta-sekin borini.

    Qo`limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
    Uni o`qib yig`lamang, yuragingiz g`ashlamang.
    Bo`ladi yaqinda mani muddatim ozod,
    Bag`ringizda bo`laman hali mana man uzoq.

    (Onajonim, sog`inaman man sizni har tong,
    Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
    Qani, ona, ko`rsaydim yana bir bor ko`zlariz,
    Bu yerlarda qo`msayman hamma shirin so`zlariz.)

    [J Sulton]
    Onajonim, eslayman man sizni hamon,
    Sizning duo qilishingiz man uchun darmon.
    Bu yerda bilib oldim – egri tanlagan yo`lim,
    Sizni o`ylab siqilaman, og`riydi mani dilim.

    Qani, ona, ko`rsaydim quvonch to`la ko`zlariz,
    Qani butkul yo`qolganda ko`zingizdagi yoshlariz.
    Vaqtida chiqolmadim qing`ir-qiyshiq yo`llardan,
    Mana endi qolib ketdim oxiri yo`q cho`llarda.

    [Radius 21]
    Afsus chekmoqdaman, ona, suratizga qo`yib bosh,
    Yana biroz chidang, ona, bu yog`iga qoldi oz.
    Onajonim, tushlarimda ko`zingiz yoshlab turasiz,
    Bolam qachon kelarkan, deb yo`lim poylab kutasiz.

    Tishimni tishimga qo`yib, sizni eslayman ona,
    Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko`chada.
    Hozir endi kim bo`ldim, buni juda kech bildim,
    Hayot endi ko`rsatadi asta-sekin borini.

    Qo`limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
    Uni o`qib yig`lamang, yuragingiz g`ashlamang.
    Bo`ladi yaqinda mani muddatim ozod,
    Bag`ringizda bo`laman hali mana man uzoq.

    (Onajonim, sog`inaman man sizni har tong,
    Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
    Qani, ona, ko`rsaydim yana bir bor ko`zlariz,
    Bu yerlarda qo`msayman hamma shirin so`zlariz.

    Ona, sog`indim yana,
    Yana sog`indim, ona.
    Ona, sog`indim yomon,
    Sizni o`ylayman hamon. (x2))

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.