Radius 21 - Qalbimdasan

Radius 21

Qalbimdasan

Qalbim bog`idagi g`uncha
Hamon yo`qdir so`lgani,
Kelmasang ham, yorim, hecham
Holimni so`ragani.

Unutgansan balki meni,
Topgandirsan baxtingni.
Kechayu-kunduz har kuni
Kutaman qaytishingni.

Qalbimdasan o`zing hanuz,
Qalbimdasan.
Izlarman seni kecha va kunduz,
Qaylardasan? (x2)

Senmasmikan deb o`ylayman,
Chaqirsa kimdir meni.
Sen haqingda ko`p so`rayman,
Bilmaydi hech kim seni.

Unutganing yo`qmikan,
Sira ishongim kelmas.
Sensiz yashab bo`larmikan?
Yo`q, sensiz yashab bo`lmas!

Qalbimdasan o`zing hanuz,
Qalbimdasan.
Izlarman seni kecha va kunduz,
Qaylardasan? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalbimdasan
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 16, 2017