Ravshan Komilov - Muhabbatning birinchisi

Ravshan Komilov

Muhabbatning birinchisi

Toshga ko`ksim qo`yib yotsam, tosh yonadi,
Daryolarga siring aytsang, to`lg`onadi.
Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga,
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi?

Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga,
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi?

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

O`psa netar, yuvsa ketar, degan bilan,
Taqdir ekan, kuydim, yetar, degan bilan,
Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan,
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan.

Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan-ey,
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan.

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

Ul yor ketgan allaqachon birov bo`lib,
Balki yoshing o`tgan, soching qirov bo`lib.
Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom,
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib.

Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom,
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib.

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

Daryosida kechmadim muhabbatning,
Kaftidan bir suv ichmadim muhabbatning.
Eh, bir erkalab, quchmadim muhabbatni,
Muhabbatning birinchisi…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbatning birinchisi
Xonanda:
Ravshan Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 24, 2015