• Ravshan Komilov - Odam bo'laylik

    Ravshan Komilov

    Odam bo’laylik

    Odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elu-yurt dardiga malham bo`laylik.
    Hey, odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elu-yurt dardiga malham bo`laylik.

    Zulmat xonalarin yoritmoq uchun,
    Mash’al bo`lolmasak, bir sham bo`laylik.

    Hey, odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elu-yurt dardiga malham bo`laylik. (x2)

    Dunyoga keldim-u dunyo topmadim,
    Ziyoga talpinib, ziyo topmadim.
    Soyadagi guldek itoatdaman,
    Kelish-u ketishdan ma’no topmadim.

    Dunyoda bildimki Vatan yagona,
    Tinchi bor har uy ham tillo ostona.
    Soyadagi guldek itoatdadir,
    Odam o`z yurtidan bo`lsa begona.

    Hey, odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elu-yurt dardiga malham bo`laylik. (x2)

    Agar bo`lmay desang jahonda gumroh,
    Qavmu-qarindoshdan xabar ol goh-goh.
    Lekin ota-onadan xabar olmaslik
    Gunohlar ichinda eng oliy gunoh.

    Seni birov bilsa, birov bilmaydi,
    Hatto bilganlar ham parvo qilmaydi.
    Sen ham parvo qilmay baxt gashtini sur,
    Baxt ham birda kulsa, birda kulmaydi.

    Hey, odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elu-yurt dardiga malham bo`laylik. (x2)
    Odam bo`lib keldik, odam bo`laylik,
    Elimiz dardiga malham bo`laylik.

    Malham bo`laylik, malham bo`laylik…