Erkam, menga nozlanib
Yurishlaring yoqadi,
Guldek ochilib, yashnab,
Kulishlaring yoqadi.

Yuzing quyoshmi, oymi,
Boqsam, qamashar ko`zlar.
Jilolanib tovusdek,
Turishlaring yoqadi.

Qomatingga, parivash,
Tasadduq desam jonim,
Erkalanib, bag`rimni
Tilishlaring yoqadi.

Qaynab-toshib yuragim,
Bir bo`sa xumor etsam,
Yomonsiz, deb chakkamga
Urishlaring yoqadi.

Go`zallar ichra tanho
O`zingsan, desam, jonim,
Shirin-shirin xayollar
Surishlaring yoqadi.

Sumbul sochlaring silab,
Quchsam nozik belingdan,
Xirom aylab, yonimga
Kelishlaring yoqadi.

Erkam, menga nozlanib
Yurishlaring yoqadi,
Guldek ochilib, yashnab,
Kulishlaring yoqadi.

Yurishlaring yoqadi,
Kulishlaring yoqadi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoqadi
Xonanda:
Ravshan Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016