• Ravshan Namozov - Mana shundoq qo'shiq matni, lyrics

    Ravshan Namozov

    Mana shundoq

    Assalomdan boshlayman,
    Yeng shimarib oshlayman.
    Dardingizni olgani
    Do`sti jon bardoshlayman.

    O`ynab-kuling yoronlar,
    Dildan g`uborlar ketsin,
    Mehribon qadrdonlar,
    Mana shundoq, mana shundoq.

    Qarilarning ichida
    Bir bola dono bo`lur,
    Bolalarning ichida
    Bir qari bola bo`lur.

    Qarisi bor uyning, hey,
    Parisi bor deydilar.
    Parisi bor uyning, hey,
    Barisi bor deydilar.
    Mana shundoq, mana shundoq.

    Yurtimiz bo`lsa omon,
    Yurak uchar ko`k tomon.
    Dildan qo`shiq tushmaydi,
    Suraylik davru-davron.

    Ona yer, bo`lgin obod,
    Farzandlar senga qalqon.
    Tinchlik bayrog`i qo`lda,
    Noming tillarda doston.
    Mana shundoq, ey mana shundoq.
    (Mana shundoq…)

    Yaxshilikka yaxshilik bu,
    Hey, har kishining ishidir bu.
    Yomonlikka yaxshilik qil,
    Bu mard kishining ishidir bu.

    Og`a-inilar ahil bo`lsa gar,
    Tog`larni ham talqon qilar.
    Opa-singillar ham totuv bo`lsa,
    Uyini ham bog`u-bo`ston qilar.

    Tog`ning ko`rki qor bilan,
    Anor ko`rki nor bilan,
    Yigitga qiz yarashar,
    Erning ko`rki yor bilan.

    Qozon to`la osh bo`lsin,
    Yostiq to`la bosh bo`lsin,
    Har kim suygan yoriga
    Doim boshu-qosh bo`lsin.

    Mana shundoq, mana shundoq, {x3}
    Ey, mana shundoq,
    Mana shundoq…