• Ravshan Sobirov - Aytgin nega

    Ravshan Sobirov

    Nega aytgin

    Kecha eding sen yonimda,
    Bugun esa yolg’izlikda qoldim men,
    Nahotki, yo’qotdim seni,
    Nahotki, ko’rmayman endi seni men?

    Nima bo’ldi o’rtamizda,
    Nima bo’ldi sevgimizga bilmayman,
    Meni endi o’ylamaysan,
    Hatto bir zum eslamaysan nega sen?

    Nega aytgin, nega aytgin,
    So’zlaringga seni men ishondim?
    Sevgi deb yuragimga
    Azoblarni soldim? (x2)

    Orzularim bekor ekan,
    Sevging sening yolg’on ekan, bilsam men,
    Sevgi axir o’yin emas,
    Yurak esa toshdan emas, bilgin sen.

    Bu azoblar qiynar meni,
    Sen esa sezmaysan shuni hech qachon,
    Senga kerak emas sevgi,
    Birdan unutding sen meni, nega sen?

    Nega aytgin, nega aytgin,
    So’zlaringga seni men ishondim?
    Sevgi deb yuragimga
    Azoblarni soldim? (x5)