• Ravshan Sobirov - Sen meni yonimda

    Ravshan Sobirov

    Sen mening yonimda

    Sensan mening hayotim,
    Orzularim, qanotim,
    Bag’rimda gullar ochgan
    Ko’ngil bahorim.

    Sog’inchlarim sadosi,
    Quvonchlarim navosi,
    Bag’rimda to’lib toshgan
    Ishqim daryosi.

    Sen mening yonimda,
    Baxtliman juda,
    Kunlar botganda, oy nur sochganda,
    Sen bilan birga.

    Sen mening yonimda,
    Baxtliman juda,
    Tonglar otganda, ko’zim ochganda,
    Men sening yoningda.

    Ko’zlari beg’uborim,
    O’zingsan vafodorim,
    Betakror go’zal yorim,
    Sen mening borim.

    Sensan mening qarorim,
    Yuragimda olovim,
    Seni deyman men doim,
    Jonginam, jonim.

    Sen mening yonimda,
    Baxtliman juda,
    Kunlar botganda, oy nur sochganda,
    Sen bilan birga.
    Sen mening yonimda,
    Baxtliman juda,
    Tonglar otganda, ko’zim ochganda,
    Men sening yoningda. (x2)