• Rayhon - Afsus

    Rayhon

    Afsus

    Hayr endi, xush endi,
    Orzu-armon tush endi,
    Ko’ngil – jonsiz qush endi,
    Hayr endi, xush endi.

    Qadr kutmoq besamar,
    Dildan bo’lmasa xabar,
    Vafo ham ketsa badar,
    Hayr endi.

    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Mehr ham ariydi, afsus.
    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Yurak ham so’nadi, afsus.

    Rost ko’rmasa ko’zimiz,
    O’ng kelmasa so’zimiz,
    Aybdor tanho o’zimiz,
    Hayr endi, xush endi.

    Dardimiz bo’lmay ado,
    Dodimiz topmay sado, (sado)
    Bulutga to’lsa samo,
    Hayr endi.

    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Mehr ham ariydi, afsus.
    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Yurak ham so’nadi, afsus.

    Afsus xatolardan, afsus jafolardan,
    Afsus bo’htonlardan, yolg’onlardan.

    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Mehr ham ariydi, afsus.
    Afsus, sevgi ham qariydi,
    Yurak ham so’nadi, afsus.