• Rayhon - Aldangan yurak (ko'ngil)

    Rayhon

    Aldangan yurak

    Nega bog’im gul ochmaydi,
    Nega holim o’nglanmaydi,
    Amalimni hech bir fayzi yo’q?
    Nega qalbim quvonmaydi,
    Nega yaram yozilmaydi,
    Dardlarimga hech bir davo yo’q?

    Aldangan yurak bermaydi darak,
    Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
    Aldandi yurak, endi na demay,
    Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

    (Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
    (Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)

    Sevdim ammo sevilmadim,
    Tilab diydor ko’rolmadim,
    Behuzurman, yonib o’charman.
    Yo’limni izlab topmadim,
    Yaqinimga xush kelmadim,
    Beqarorman, gulday so’narman.

    Aldangan yurak bermaydi darak,
    Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
    Aldandi yurak, endi na demay,
    Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

    (Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
    (Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)

    Aldangan yurak bermaydi darak,
    Bu dunyoning zo’ri sensiz ne kerak?
    Aldandi yurak, endi na demay,
    Oh tortib tonaman, bag’rim ming bo’lak.

    (Qalbim yig’lar) unda dodu-faryod o’rtar,
    (Dardim tig’lar) sinab bag’rimni. (x2)