Rayhon - Bag'ritoshmikan shunchalar

Rayhon

Bag’ritoshmikan shunchalar

Seni bir ko’rmoqqa zor bo’ldi ko’ngil,
Visoling sog’inib, xor bo’ldi ko’ngil,
Avjida uzilgan tor bo’ldi ko’ngil.

Muz bo’lsa, erirdi yonishlarimga,
Bulbul tan berardi xonishlarimga,
Zarra parvoyi yo’q nolishlarimga.

Bag’ritoshmikan gul ham shunchalar?
Olismikan yo’l ham shunchalar?
Vafodormikan qul ham shunchalar,
Yaprog’ida shabnam yig’lagan, ey gul?

Endi aytolmayman, aytsin boshqalar,
Mening so’zlarimga intiq tashnalar,
Yo dushmanlar aytsin yoki oshnolar.

Muz bo’lsa, erirdi yonishlarimga,
Bulbul tan berardi xonishlarimga,
Zarra parvoyi yo’q nolishlarimga.

Bag’ritoshmikan gul ham shunchalar?
Olismikan yo’l ham shunchalar?
Vafodormikan qul ham shunchalar,
Yaprog’ida shabnam yig’lagan, ey gul? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bag’ritoshmikan shunchalar
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 20, 2015