Rayhon G'aniyeva - Baxtli bo'laman

Rayhon

Baxtli bo’laman

So’rayman osmonimdan,
So’rayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.

Baxt yiroqlardamisan?
Yo yaqinlardamisan?
Bog’u-tog’lar ortidamisan,
Yoki tanu jonimdamisan?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli bo’laman
Albatta qachondir,
Baxtli bo’laman
Hayotimda man. (x2)

Tong nurlarin sochadi,
Tun bardoshim beradi.
Tunlar ichida qalbim vayron,
Qalbim ichida to’la armon,
Baxtim nega kelmas?

Tonsam ham nega kelmas?
Yonsam ham nega kelmas?
Bundan ortiq chiday olmayman,
Netayin men chiday olmayman?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli bo’laman
Albatta qachondir,
Baxtli bo’laman
Hayotimda man. (x2)

So’rayman osmonimdan,
So’rayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtli bo’laman
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2014