• Rayhon - Bir dona so'z

    Rayhon

    Bir dona so’z

    Demading menga sevdim,
    Menga bir mastona so’z.
    Dilimni bersam dedim,
    Sendan bo’lsa bitta so’z.

    Demading menga jonim,
    Ishq dardi bilan to’ldi.
    Dilim, tanim va qalbim,
    Sendan bo’lsa bitta so’z.

    Men seni sog’indim…
    (Ko’rgim keladi) (x2)

    Mayli, menga sevdim dema,
    Mayli, menga va’da berma.
    Jonimga qiynoq berib so’ng,
    Bir dona so’z dema. (x2)

    Men seni sog’indim,
    Men seni sog’indim,
    Men seni sog’indim,
    Ko’rgim keladi.

    Yondirar ham kuydirar,
    Sensiz o’tgan har kunim.
    Qalbim yashar har damda,
    Sendan bo’lsa bitta so’z.

    Yorim deb so’zlamading,
    Sevgilim deb aytmading.
    Qancha suv oqdi va yosh,
    Demading janona so’z.

    Men seni sog’indim…
    (Ko’rgim keladi) (x2)

    Mayli, menga sevdim dema,
    Mayli, menga va’da berma.
    Jonimga qiynoq berib so’ng,
    Bir dona so’z dema. (x2)

    Men seni sog’indim,
    Men seni sog’indim,
    Men seni sog’indim,
    Ko’rgim keladi. (x2)

    Men seni sog’indim…
    (Ko’rgim keladi) (x2)

    Mayli, menga sevdim dema,
    Mayli, menga va’da berma.
    Jonimga qiynoq berib so’ng,
    Bir dona so’z dema. (x4)

    Men seni sog’indim…