Rayhon - Bola

Rayhon

Bola

Bola – bu Xudoyimning bergan sovg`asi,
Bola – bu umrimizning qolar mevasi.
Kimlardir bolaga zor, kimdir undan qiladi or,
Axir har bir bolamizda o`zimiz bor.

Yolvoraman – yosh to`kmasin inson bolasi,
Unib-o`ssin gard yuqmasdan sochin tolasi.
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar,
Tangrim asra, omon bo`lsin xalqning bolasi,
Tangrim, panohingda bo`lsin inson bolasi.

Tilagim shu – har bir bola quvnab yursin,
Yuzlarida doim quyosh kulib tursin.
Bola qadrin bilmaganlar bir kun albat bo`ladi xor,
Chunki har bir bolamizda o`zimiz bor.

Yolvoraman – yosh to`kmasin inson bolasi,
Unib-o`ssin gard yuqmasdan sochin tolasi.
Jazo topgay yosh qalbiga ozor berganlar,
Tangrim asra, omon bo`lsin xalqning bolasi,
Tangrim, panohingda bo`lsin inson bolasi. (x1+x1)

Tangrim asra, omon bo`lsin inson bolasi…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bola
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 28, 2016