Rayhon - Bombey

Rayhon

Bombey

Erkaliklarimga chidolmasang agar,
Ketaver, ketaver, kim senga yalinar?
Hindiston go’zali yondiribdi diling,
Bor ana, bor ana ochiq hamma yo’ling.

Sen aytgan u go’zallar
Senga qayrilib ham qaramas,
Hindistonning qizlari
Bizning odatlarga yaramas.

Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Hali yetolmaysan, mendan ketolmay.
Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Xayolga berilma, men deb kerilma.

“Mere zindagi” deb joningni oladi,
Zor etib, xor etib ming ko’yga soladi.
Xohlasang ketaver, o’ylama men rozi,
Har yerda, har yerda bor toshu tarozi.

Sen aytgan u go’zallar
Senga qayrilib ham qaramas,
Hindistonning qizlari
Bizning odatlarga yaramas.

Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Hali yetolmaysan, mendan ketolmay.
Bombey-Bombey, Bombey-Bombey juda olisda,
Xayolga berilma, men deb kerilma. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bombey
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 23, 2014