Rayhon - Do'st

Rayhon

Do’st

Dunyo azal-azaldan o`zi shu ekan –
Quvonch hamda qayg`u yonma-yon yurarkan.
Yetti yot begonada kutarsan, ammo
Yaqining xiyonati boshing egarkan.

Do`stni do`stidan ayirmasin hech,
Yurak darz etsa agar, kech bo`ladi, kech.
Do`sti do`stiga ahdida tursin,
Yaxshi-yomon kunda ham yonida bo`lsin.

Voz kechmagin do`stingdan oson,
Eng yomoni shubha-yu gumon
Munosabatlar aro, do`st, do`st.
Voz kechmagin do`stingdan oson,
Sinovlarda sinalar inson,
Besabab ketma ayro, do`st, do`st.

Buni hayot deydilar, shu ekan taqdir,
Havas aylar kimdir, hasad qilar kimdir.
Qadrdoning ko`ngli sof bo`lsa doimo,
Sadoqat bir lahzaga tark etmas axir.

Do`stni do`stidan ayirmasin hech,
Yurak darz etsa agar, kech bo`ladi, kech.
Do`sti do`stiga ahdida tursin,
Yaxshi-yomon kunda ham yonida bo`lsin.
Voz kechmagin do`stingdan oson,
Eng yomoni shubha-yu gumon
Munosabatlar aro, do`st, do`st.
Voz kechmagin do`stingdan oson,
Sinovlarda sinalar inson,
Besabab ketma ayro, do`st, do`st. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016