Rayhon - Ertak

Rayhon

Ertak

Bo’lgan ekan bir malika go’zal,
Ta’rif etishga ojizdir g’azal.
Sevib qolibdi bir yigitni,
Tushda ko’rib, bildi afzal.

Kunlar birida yigit ko’rdi tush,
Unda malika jilmayar homush.
Sevib qoldi u malikani,
Yo’lga tushdi, manzil olismish.

Muhabbat g’olib bo’lar, ishongin faqat,
Muhabbat g’olib bo’lar, et sabr-toqat.
Hayotimiz ham bir ertak,
Muhabbatga yetishsin yurak. (x2)

Yo’lda yigitga dev duch keldi,
Jang etib yigit devni yengdi.
Sevgisi uchun sahrolardan
Oq tulporda kelar edi.

Yetib keldi u go’zal saroyga,
Malika turar o’xshab oyga.
Yetdi murodga sevgan dillar,
Yomonliklar oqdi soyga.

Muhabbat g’olib bo’lar, ishongin faqat,
Muhabbat g’olib bo’lar, et sabr-toqat.
Hayotimiz ham bir ertak,
Muhabbatga yetishsin yurak. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ertak
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 17, 2015