Rayhon - Izlaysan (Eslaysan)

Rayhon

Izlaysan

Esadi-esadi shamollar
Qayerdadir qayerdadir,
Kezadi-kezadi xayollar,
Seni esga olib hozir.

Sezadi-sezadi yuragim,
Yonmasman nimagadir, nimagadir,
Izladi-izladi ko’zlarim
Yor seni, balki hozir senga og’ir?

Sen meni izlaysan, meni izlaysan,
Sen meni sevasan, meni o’ylaysan.
Sen meni izlaysan, meni izlaysan,
Men buni sezaman, o’zing bilmaysan.
Sen meni izlaysan.

Topadi-topadi yuraging
Qalbimga yo’l, qalbimga yo’l,
Aytadi-aytadi so’zlaring –
Hayotimda doimo sen bor.

Ketadi-ketadi ayriliq
Bizlardan qayerdadir, qayerdadir,
Bo’ladi-bo’ladi dilim chog’,
Yor seni esga olar bo’lsam hozir.

Sen meni izlaysan, meni izlaysan,
Sen meni sevasan, meni o’ylaysan.
Sen meni izlaysan, meni izlaysan,
Men buni sezaman, o’zing bilmaysan.
Sen meni izlaysan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Izlaysan
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 17, 2014