• Rayhon - Keragi yo'q

    Rayhon

    Keragi yo’q

    Ber imkon menga yana bir bor,
    Muhabbatim so’ndirmagin.
    Sevgimizni sen aytma bekor,
    Orzularni, umidni.

    Meni yolg’iz tashlama hech ham,
    Qora tunda ham, oydin kunda ham.
    Go’zal bahor chog’ida ham,
    Ma’yus kuz bog’ida ham.

    Yo’q, keragi yo’q,
    Sensiz porlagan quyoshni,
    Sensiz yorishgan tonglarni
    Aslo keragi yo’q.

    Yo’q, keragi yo’q,
    Baxtli yo baxtsiz kunlarni,
    Alam yoki shodliklarni
    Sensiz keragi yo’q.

    Nahot endi hech ko’rishmasak,
    Yuragimizni band etsa qayg’u?
    Nahot sen uchun qadrsizdir
    Qalbimdagi tuyg’u?

    Nahot boshqadir yo’llarimiz,
    Xayollarga aylansa sevgi?
    Nahot sen uchun yopiq endi
    Qalbim eshigi?
    (Qalbim eshigi)

    Yo’q, keragi yo’q,
    Sensiz porlagan quyoshni,
    Sensiz yorishgan tonglarni
    Aslo keragi yo’q.
    Yo’q, keragi yo’q,
    Baxtli yo baxtsiz kunlarni,
    Alam yoki shodliklarni
    Sensiz keragi yo’q. (x2)