• Rayhon - Kim aytar

    Rayhon

    Kim aytar

    Bu dunyoda yoningdan,
    Taqdirimning sinovidan,
    Hayotimning qiynog’idan
    Qochib qayerga boray?

    Ko’rolmayman ko’zlaringni,
    Eshitolmay so’zlaringni,
    Ushlolmasdan qo’llaringni,
    Endi qayga boray?

    Kim aytar, nega sendan voz kecholmayman,
    Kim bilar, nega sensiz men yasholmayman?
    Kim aytar, nega doim xayolimdasan,
    Kim bilar, nega essiz seni sevaman?

    Yorishmaydi sensiz tonglarim,
    Zulmat ichra qolib ketaman.
    Sevgi dardi olibman bilmay,
    Shu dard ila o’tib ketaman.

    Ko’rolmayman ko’zlaringni,
    Eshitolmay so’zlaringni,
    Ushlolmasdan qo’llaringni,
    Endi qayga boray?

    Kim aytar, nega sendan voz kecholmayman,
    Kim bilar, nega sensiz men yasholmayman?
    Kim aytar, nega doim xayolimdasan,
    Kim bilar, nega essiz seni sevaman? (x1+x1)