Rayhon feat. Lola Yuldasheva - Ko'nikmadim

Lola, Rayhon

Ko’nikmadim

[Rayhon]
Orzular, qayg’ular
Negadir birga yonma-yon turar,
Bilmaysan goho qayda baxt, qayda g’am,
Yuragim kechiraverar, bu qolar alam.

Negadir senga talpinar yurak,
Sen esa qaydan ham bilarding?
Nima o’zi dard yoki xiyonat,
Vujudim tilkalagan betinim hasrat?

[Lola Yuldasheva]
Egallagan sevgi qafasi,
Unda men yolg’izman hamon,
Chegarasini ko’rmay ezilar yurak yomon.
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.

[Rayhon]
Yuragim, hislarim
Nega sendan voz kecholmas,
Nega seni unutolmas?

[Lola Yuldasheva]
So’zlarim, ko’zlarim
Sendan o’zgani ko’rishga,
O’zgani sevishga ko’nikmadi.
[Rayhon]
Ko’nikmadim…

[Rayhon]
Nega ko’zlaring meni aldar?
So’zlaringda esa o’zga xayollar.
Balki yuraging endi mendan kechar,
Negadir so’nggi payt shuni o’ylayman faqat.

Bo’ysunmas, senga talpinar yurak,
Sen esa qaydan ham bilarding?
Nima o’zi dard yoki xiyonat,
Vujudim tilkalagan betinim hasrat?

[Lola Yuldasheva]
Mmm, meni bundan halos et,
Ikkimizga ham qolmasmu armon?
Balki men bunga ko’nikolmadim, ammo
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.

[Lola Yuldasheva]
Yuragim, hislarim
Nega sendan voz kecholmas,
Nega seni unutolmas?
[Rayhon]
So’zlarim, ko’zlarim
Sendan o’zgani ko’rishga,
O’zgani sevishga ko’nikmadi. (x2)

[Lola Yuldasheva]
Ko’nikmadim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’nikmadim
Xonanda:
Lola, Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2015