• Rayhon & Manzura - Men bu men

    Manzura, Rayhon

    Men bu Men

    [Rayhon]
    Toki kimda iymon bor
    O’zga haqqidan etar or,
    Sabr etish darkor,
    Demagin so’zlaring bekor.

    [Manzura]
    Dunyoga solgin nazar,
    Kim afsuslanar, kim aldar,
    Yomonlarda yurak yo’qmi,
    Asli kimman, kim aytar?

    [Rayhon]
    Iymonu nafs kurashadi har dam,
    [Manzura]
    Sabru havas kurashadi har dam,
    Kimda qay biri g’olib bo’ladi
    O’zidan, o’zidan?
    [Manzura]
    Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
    [Rayhon]
    Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
    Nega qalbimiz yonib sevadi,
    Kim javob berar, ayt?

    [Manzura]
    Gohida inson uchun
    Sevgidan zebu zar ustun,
    Unda sevishar nechun,
    Hammada bor yurak tushun!

    [Rayhon]
    Bo’ysunmay ko’z to’kar yosh,
    Nafsga gar iymon egsa bosh,
    [Manzura]
    Yaxshisi bo’lgin bag’ritosh,
    Bera olmayman bardosh!

    [Rayhon]
    Iymonu nafs kurashadi har dam,
    [Manzura]
    Sabru havas kurashadi har dam,
    Kimda qay biri g’olib bo’ladi
    O’zidan, o’zidan?
    [Manzura]
    Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
    [Rayhon]
    Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
    Nega qalbimiz yonib sevadi,
    Kim javob berar, ayt?

    (Men kimman, kimman?
    Men kimman, kimman?
    Men, men kimman,
    Unutma men bu – men
    Sen unutman men bu – men)

    [Rayhon]
    Nimani olsang olavergin,
    Lekin baxtim o’g’irlama hayot.
    [Manzura]
    Yaxshilik va yomonlik bahsi, eey,
    Etaveradi davom, aylanar toki dunyo.

    [Rayhon]
    Iymonu nafs kurashadi har dam,
    [Manzura]
    Sabru havas kurashadi har dam,
    Kimda qay biri g’olib bo’ladi
    O’zidan, o’zidan?
    [Manzura]
    Nega ko’z yosh, kulgu yonma-yonda,
    [Rayhon]
    Nega baxt va qayg’u yonma-yonda?
    Nega qalbimiz yonib sevadi,
    Kim javob berar, ayt? (x2)