Rayhon - Men nechun yaraldim

Rayhon

Men nechun yaraldim

Ko’zlarim ochig’u ko’ra olmayman,
Oyoqlarim butun, yura olmayman,
Qaddim raso, lekin tura olmayman –
Men nechun yaraldim, Allohim?

Qayda qolar mening dodu fig’onim?
Javobsiz qolg’aymu tag’in so’rog’im?
Dunyolarni yutar chanqoq qarog’im,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?

Bir jahonim, jonim yo’q mening,
Bir oshig’im, yorim yo’q mening,
Bir xanjar ur, qonim yo’q mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x2)

Mening hech kimim yo’q, Allohdan boshqa,
Mening hech narsam yo’q, o’zimdan boshqa,
Ko’ngilda ne qoldi bir toshdan boshqa,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?

Bir jahonim, jonim yo’q mening,
Bir oshig’im, yorim yo’q mening,
Bir xanjar ur, qonim yo’q mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men nechun yaraldim
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2014