• Rayhon - Namaste

    Rayhon

    Namaste

    Ey, shuni bildim, bu zaminning
    Ikkinchi nomi aslida muhabbat.
    Ey, hamma qalbda biling asli
    Hukmronlik qiladi sevgi faqat.

    Gar bo`lsang mahzun, bor bunda mazmun,
    Demak nenidir muhabbatdan qo`yding ustun.

    Namaste, namaste, muhabbat namaste,
    Namaste, namaste, tashakkur senga.
    Namaste, namaste, muhabbat namaste,
    Namaste, namaste, bo`lgin hamroh menga.

    Ey, agar chindan seva olsang,
    Eshitadi qalbing albatta dunyo.
    Ey, muhabbatga ishonolsang,
    Senga madad berar zaminu samo.

    Gar bo`lsang mahzun, bor bunda mazmun,
    Demak nenidir muhabbatdan qo`yding ustun.

    Namaste, namaste, muhabbat namaste,
    Namaste, namaste, tashakkur senga.
    Namaste, namaste, muhabbat namaste,
    Namaste, namaste, bo`lgin hamroh menga. (x1+x2)