• Rayhon - Nega

    Rayhon

    Nega

    Nega, ayting axir nega,
    Muhabbat bor dunyoda?
    Nolalarim samoda…

    Ko’rinar yana olisda yulduz,
    Qarayman unga yolg’iz.
    Tark etding hayotim,
    Davom etmoqda sensiz.

    Afsuslar ichra yonadi qalbim,
    Samolarga teng dardim.
    O’rtaydi bir savol,
    Tugadi sabrim.

    Nega, ayting axir nega,
    Muhabbat bor dunyoda
    Nolalarim samoda
    Faryod aylar.

    Nega, ayting axir nega,
    Buncha azob muhabbat,
    Sevgisiz bo’lmas yashab?
    Anglamadim.

    Bir o’yin ekan aslida sevgi,
    Angladim buni endi.
    Sen o’ynading g’irrom,
    Azobga solib meni.

    Kim o’ylab topgan sevgini o’zi?
    Ko’r ekan uning ko’zi.
    Sehrlab qo’yarkan
    Yolg’onli so’zi.

    Nega, ayting axir nega,
    Muhabbat bor dunyoda
    Nolalarim samoda
    Faryod aylar.
    Nega, ayting axir nega,
    Buncha azob muhabbat,
    Sevgisiz bo’lmas yashab?
    Anglamadim. (x1+x1)