• Rayhon - Oyijon

    Rayhon

    Oyijon

    Yangi kun keldi,
    Ammo hayotim o`zgardi,
    Chunki onam yo`qdir endi,
    Mening azizim butunlay ketdi…

    Qaytmaydi,
    Hech qachon qaytmaydi bu dunyoga,
    Qush kabi uchib ketdi osmonga,
    Sog`inaman uni men har kuni, oyijon!

    Yolg`izman, yolg`izman bu tun, oyijon,
    Erkalamaysiz hech qachon,
    Sizsiz bo`shadi bu jahon.
    Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
    Butun borligim berardim
    Sizni ko`rish uchun, oyim.

    Quyosh chiqar va yana botar,
    Kimdir abadiy ketar, boshqasi kelar.
    Bu hayotda
    Hech kim bilmaydi oxirini. (x2)

    Uyimiz bo`shdek,
    Yolg`iz o`tirib yig`layman.
    Va mehringizni eslayman,
    Siz uzoqdasiz, men bilaman.

    Sezadi qalbim, siz doimo yonimdasiz,
    Farishtadek himoya qilasiz.
    Faqat tushlarimga siz kirasiz,
    Oyijon!

    Yolg`izman, yolg`izman bu tun, oyijon,
    Erkalamaysiz hech qachon,
    Sizsiz bo`shadi bu jahon.
    Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
    Butun borligim berardim
    Sizni ko`rish uchun, oyim.

    Quyosh chiqar va yana botar,
    Kimdir abadiy ketar, boshqasi kelar.
    Bu hayotda
    Hech kim bilmaydi oxirini. (x2)

    Yolg`izman, yolg`izman bu tun, oyijon,
    Erkalamaysiz hech qachon,
    Sizsiz bo`shadi bu jahon.
    Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
    Butun borligim berardim
    Sizni ko`rish uchun, oyim.