• Rayhon - Sen ketding

    Rayhon

    Sen ketding

    Faqat bitta daraxt – sen sevgan gilos
    Gullamadi qayta kelsa ham ko’klam.
    Bitdi deb o’ylasam ayriliq dog’i,
    Seni esga soldi gullamay u ham.

    Sen ketding, sen ketding,
    Ketmadi mendan bu falak,
    Yulduzlar men bilan, men bilan bu gullar.
    Bulutlar ketmadi, yomg’irlar yog’di,
    Qoldilar men bilan sen yurgan yo’llaring,
    Sen ketding.

    Seni unutgandim, taqdirga ko’nib,
    Qismat qarshisida boshni egib jim,
    Ammo gullamagan gilosni ko’rib,
    Hayrat va hasratdan yig’ladim sim-sim.

    Sen ketding, sen ketding,
    Ketmadi mendan bu falak,
    Yulduzlar men bilan, men bilan bu gullar.
    Bulutlar ketmadi, yomg’irlar yog’di,
    Qoldilar men bilan sen yurgan yo’llaring,
    Sen ketding. (x2)