Rayhon - Sensiz

Rayhon

Sensiz

Yayrab ketar qalbim seni ko’rganda,
Ko’zlaring nogoh bir nazar solganda.
Qani endi bir zum yoningga borib,
Qalbimdagi sevgim oshkor etsamda.

Borarsan ortingdan yo’ling poylayman,
Ko’zlarimning nuri, qorasi sensan.
Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan,
Bu yarador yurak davosi sensan.

Sensiz tor bu dunyo,
Sensiz zulmat kunlar,
Sensiz ma’nosiz hayot,
Sensiz hech yasholmayman. (x2)
Sensiz hech yasholmayman.

Oromim yo’q, sabrim bormoqda to’lib,
Sen bosgan yo’llardan maysalar o’sar.
Bilmayman qaylarda kezarsan o’zi,
Sevgimni yuraging, ayt, qachon sezar?

Qaydasan, yo’lingda intizoringman,
Ko’zlarimning nuri, qarosi sensan.
Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan,
Bu yarador yurak davosi sensan.

Sensiz tor bu dunyo,
Sensiz zulmat kunlar,
Sensiz ma’nosiz hayot,
Sensiz hech yasholmayman. (x2)
Sensiz hech yasholmayman.

Sensiz tor bu dunyo,
Sensiz zulmat kunlar,
Sensiz ma’nosiz hayot,
Sensiz hech yasholmayman. (x2)
Sensiz hech yasholmayman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensiz
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 28, 2014