• Rayhon - Sevgilim

    Rayhon

    Sevgilim

    Sensiz yuragimda, yuragimda
    Armon qoldi, sevgilim.
    Sensiz ko`zlarimga, ko`zlarimga
    Yoshlar to`ldi, sevgilim.
    Sen kelolmasang, sen kelolmasang…

    Sensiz yuragimda, yuragimda
    Armon qoldi, sevgilim.
    Sensiz ko`zlarimga, ko`zlarimga
    Yoshlar to`ldi, sevgilim.

    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Tonglarim otmaydi, sevgilim.
    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Bahorim qaytmaydi, sevgilim.

    O`tsa bu kechalar,
    Oy nurini gullar sog`inib.
    Sog`insa seni ham,
    Yonayotgan mening yuragim.

    Chorlasam kelmasa,
    Qalbimning bahori hech qachon.
    Bilginki, men uchun
    Yo`qdir bu dunyoning keragi.

    Sensiz yuragimda, yuragimda
    Armon qoldi, sevgilim.
    Sensiz ko`zlarimga, ko`zlarimga
    Yoshlar to`ldi, sevgilim.

    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Tonglarim otmaydi, sevgilim.
    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Bahorim qaytmaydi, sevgilim.

    Ketsa-da, sen uchun
    Osmon to`la yulduz sochilib,
    Bir bora eslagin
    Kechalardan qora ko`zlarim.

    Qorong`u yo`llaring
    Yoritaman o`zim doimo,
    Yodingdan hech qachon
    Unutilmas mening so`zlarim.

    Sensiz yuragimda, yuragimda
    Armon qoldi, sevgilim.
    Sensiz ko`zlarimga, ko`zlarimga
    Yoshlar to`ldi, sevgilim.

    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Tonglarim otmaydi, sevgilim.
    Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
    Bahorim qaytmaydi, sevgilim.