• Rayhon - Sog'inchim qo'shiq matni, lyrics

    Rayhon

    Sog’inchim

    Men sog`inaman, vafodorim,
    To`la nur-u zar nigohingni,
    Doim rost izhoringni.
    Men sog`inaman, yorug`im,
    Qaraganda kulganingni.

    Men sog`inaman, vafodorim,
    Kamnamo, go`zal diydoringni.
    Yolg`izman, nega so`rab kelmaysan?
    Nega kelmaysan, u-u-u?

    Sog`inchim umrga teng,
    O`zingsan yoqqan eng.
    Yo`q sendan o`zga
    Yo`l topgan dilimga.

    Sog`inchim umrga teng,
    O`zingsan yoqqan eng.
    Kutaman so`nmay,
    Sevaman ertakday.

    Men ovunaman yoding etib,
    Ko`ngilga sig`mas armonlarda,
    Ko`rinmas olamlarda.
    Men ovunaman kun o`tib,
    Seni eslab kuylarimda.

    Men ovunaman hayron bo`lib,
    Hali ham yashab ertaklarda.
    Yolg`izman, nega so`rab kelmaysan?
    Nega kelmaysan, u-u-u?

    Ko`zlaringga bir boqsam, dod-u ohim bitardi,
    Yoningda yon suhbat qilsam ne bo`lardi?
    Sirlarimni oshkor etsam, qalbim seni topardi,
    Seni juda ham sog`indim.

    Sog`inchim umrga teng,
    O`zingsan yoqqan eng.
    Yo`q sendan o`zga
    Yo`l topgan dilimga.
    Sog`inchim umrga teng,
    O`zingsan yoqqan eng.
    Kutaman so`nmay,
    Sevaman ertakday. (x2)