Rayhon - Sunbula

Rayhon

Sunbula

Sunbula-yu sunbula,
O`rab olay gul bilan. (x2)

Nega sumbulaning guli
Eslatar menga seni, qiynab meni?
O`z-o`zimdan qochaman, deb
Yiroqqa ketar edim, qochar edim.

Orzularimga, umidlarimga,
Sevgimga ishonchim so`ndirmagin.
Sevib qoldim men abadiy,
Sunbula gulin hadya aylagin.

Sunbula-yu sunbula,
O`rab olay gul bilan. (x2)

Sevgimga ishonchim so`ndirmagin…

Nega yulduzlar samosiz
Zulmatda yashnamaydi, chorlamaydi?
Sen olib kelgan ko`z yoshlar yomg’iri
Kerak emas menga endi.

Titramoqda tanamda jon,
Sen ketsang yiroqqa, uzilar jon.
Sevgimizni avaylagin,
Sunbula gulin hadya aylagin.

Sunbula-yu sunbula,
O`rab olay gul bilan. (x2)

Orzularimga, umidlarimga,
Sevgimga ishonchim so`ndirmagin.
Sevib qoldim men abadiy,
Sunbula gulin hadya aylagin.

Sunbula-yu sunbula,
O`rab olay gul bilan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sunbula
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 31, 2015