Rayhon - Tabassum qil

Rayhon

Tabassum qil

Hayotda nedandir bo’lsang mag’lub,
Nedandir lekin bo’lasan g’olib.
Boshingni baland ko’tar,
Yaxshi-yomon kuning o’tar.

Goh ozor berar ko’nglingga sevgi,
Goh do’sting ham tushunmaydi seni.
Boshingni baland ko’tar,
Yaxshi-yomon kuning o’tar.

Topdim, javobin topdim:

Sen doim tabassum qil,
To’xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O’zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.

Sen doim tabassum qil,
To’xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O’zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan.

Bu hayot davom etadi shunday,
Bir kuni unday, bir kuni bunday,
Qalbing bo’lsa ham zabun,
Kul, dunyo kulishi uchun.

Hayot qo’llarida ermakmiz,
Lekin kimgadir juda kerakmiz,
Kulgin bo’lsa ham senda agar
Senda hozir qora kunlar.

Topdim, javobin topdim:

Sen doim tabassum qil,
To’xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O’zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.
Sen doim tabassum qil,
To’xtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
O’zingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tabassum qil
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 8, 2015