• Rayhon - Tomchi qo'shiq matni, lyrics

    Rayhon

    Tomchi

    Mayda-mayda osmonlardan yog`ar yomg`ir,
    Bilarmikan qanchalar menga og`ir?
    Yolg`on ekan yor sevgisi, bildim oxir,
    Kerak emas menga yorning azoblari.

    Yomg`ir, yuvib ketgin mening dardlarimni,
    Alam to`la sog`inchli ul damlarimni.
    Unutganday bo`lay barcha g`amlarimni,
    Kerak emas menga yorning azoblari.

    Osmonlardan yog`adi tomchi-tomchi yomg`irlar,
    Afsuski, ushalmaydi, so`ndi-so`ndi orzular.
    Ko`nikishga majbur yurak, ayro-ayro taqdirlar,
    Seni menga eslatadi bugun o`sha yomg`irlar. (x2)

    Va’dalarga ishonganim xato bo`ldi,
    Bu holimga kimlar kulib, kimlar yondi.
    Eslamayman deyman, lekin yomg`ir yog`di,
    Kerak emas menga yorning azoblari.

    Sevgi degan tuyg`u asli o`yinmidi?
    Undan kutganlarim faqat azobmidi?
    Menga shuncha ko`z yoshlarim kerakmidi?
    Kerak emas menga yorning azoblari.

    Osmonlardan yog`adi tomchi-tomchi yomg`irlar,
    Afsuski, ushalmaydi, so`ndi-so`ndi orzular.
    Ko`nikishga majbur yurak, ayro-ayro taqdirlar,
    Seni menga eslatadi bugun o`sha yomg`irlar. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.