[Davron Ergashev]
Yana meni zohiran holimda sezding,
O`zi meni umuman ado qilding.
Gumoningga binoan jonimni ezding,
Devonalar etding, sababi ne?

[Rayhon]
Ayblamagin iltimos, nega undaysan?
Telefoningni o`zing ko`tarmaysan.
Nega kelaman, debon hech ham kelmaysan?
Shu harakatingdan xulosa ne?

[Davron Ergashev]
Egdi, bu qiz boshin egdi, egdi-yo,
Tildi, vujudimni tildi-yo.
Bo`ldi gapirmagin, o`zimda xato,
Yorma yuragimni qasddan-o.

[Rayhon]
Xo`p degin, adolat bo`lsin bu gal,
Aybingni tan olgin avval.
Men emasmidim hammadan afzal?
To`qimagin endi g`azal!

[Davron Ergashev]
Yo`q yuragimda o`zgasi,
Sen xayolimda, jonim, yasharsan.
Unuting deganing nimasi?
Unday dema, unday dema!

[Rayhon]
Bor yuragimning egasi,
U hamon o`sha yigit o`zinsang.
Xafaman deganing nimasi?
Unday dema, unday dema.

[Davron Ergashev]
Unday dema, unday dema.
[Rayhon]
Unday dema, unday dema. (x2)

[Davron Ergashev]
Nega meni va’daboz, yolg`onchi deding?
So`zimga butunlayin ishonmading.
Nega bo`lmasa meni u holda sevding?
Jonimni olding, sababi ne?

[Rayhon]
Yoqtirmaganimda gar tergov qilmasdim,
Holatingga beparvo qararmidim?
Nega doim yolg`izman, yetmaydi aqlim,
Sen o`zingni aldayapsan, xulosa ne?

[Davron Ergashev]
Yo`q yuragimda o`zgasi,
Sen xayolimda, jonim, yasharsan.
Unuting deganing nimasi?
Unday dema, unday dema!

[Rayhon]
Bor yuragimning egasi,
U hamon o`sha yigit o`zinsang.
Xafaman deganing nimasi?
Unday dema, unday dema.

[Davron Ergashev]
Unday dema, unday dema.
[Rayhon]
Unday dema, unday dema. (x2)

[Davron Ergashev]
Yo`q yuragimda o`zgasi,
Sen xayolimda, jonim, yasharsan.
Unuting deganing nimasi?
Unday dema, unday dema!

[Rayhon]
Bor yuragimning egasi,
U hamon o`sha yigit o`zinsang.
Xafaman deganing nimasi?
Unday dema, unday dema.

[Davron Ergashev]
Unday dema, unday dema.
[Rayhon]
Unday dema, unday dema. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unday dema
Xonanda:
Davron Ergashev, Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 31, 2016