Rayhon - Unutma (Mo'min Oripov xotirasiga) qo'shiq matni, lyrics

Rayhon

Unutma (Mo’min Oripov xotirasiga)

Qancha ishlaring bor edi sening,
Nega ularni tugatmay ketding?
Sen tabassumning timsoli eding,
Taqdir ekan, ne qilamiz?

Suratlarda qolding ma’yus,
O`tar yozlar, bahor va kuz.
Qo`shiqlarda abadiy yashaysan,
Qalbdan unutilmaysan.

Samodan yulduz bo`lib,
Boqarsan bizga endi.
Har daqiqa, har damda
Bilinadi o`rning sening.

Bu qo`shiqni qachondir
Kuylagandik birga biz.
U damlar endi armondir,
Sahnada ham bo`sh joy sensiz.

Unutma, biz seni unutmaymiz,
Sen doim qalbimizda yashaysan.
Bilsak ham, biz baribir kutgaymiz,
Lekin endi qaytmaysan. (x2)

(Yoningdamanku doimo…)

Yonimizdasan doimo,
Yashaysan toki bor dunyo.
O`g`lingning kulgusida borsan,
Yoringning qalbida tanho.

Sen juda-juda erta so`nding,
Hattoki tilim ojiz aytishga.
Shu qisqa hayotingda ulgurding
Buyuk ishlar qilishga.

Samodan yulduz bo`lib,
Boqarsan bizga endi.
Har daqiqa, har damda
Bilinadi o`rning sening.

Bu qo`shiqni qachondir
Kuylagandik birga biz.
U damlar endi armondir,
Sahnada ham bo`sh joy sensiz.

Unutma, biz seni unutmaymiz,
Sen doim qalbimizda yashaysan.
Bilsak ham, biz baribir kutgaymiz,
Lekin endi qaytmaysan. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutma (Mo’min Oripov xotirasiga)
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2017