Rayhon - Yolg'on

Rayhon

Yolg’on

Nechun to’kiladi ko’z yoshlarim,
Nechun bo’ysunmas faryodim?
Nechun parishon bu xayollarim,
Nechun seni o’ylay toldim?

Qanday kerak eding,
Qanday orzu eding,
Qalbimda endi yongan.
Yumayin ko’zimni,
Ochayin ko’zimni,
Qomatingni ko’raman.

Yolg’on yo’qliging endi,
Yolg’on, men ishonmayman.
Yolg’on dunyo torligi
Sevgisiz hayotda. (x2)

Nechun ming bora noming so’zlayman,
Nechun diydoringga zorman?
Nechun dardimga najot bilmasman,
Nechun, hech bila olmasman?

Qanday kerak eding,
Qanday orzu eding,
Qalbimda endi yongan.
Yumayin ko’zimni,
Ochayin ko’zimni,
Qomatingni ko’raman.

Yolg’on yo’qliging endi,
Yolg’on, men ishonmayman.
Yolg’on dunyo torligi
Sevgisiz hayotda. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’on
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2014