Rayhon - Yonimda bo'lsang

Rayhon

Yonimda bo’lsang

Yulduzlari to’kilib qolgan
Osmoningni yoritay,
Ming bir kecha sevgi haqida
Ertaklarni aytay.

Oq kemada dengizlarni
Oshib kelgin men tomonga,
Nigohlarim aldamas,
Ko’zlarimga ishon.

Gar sen yonimda bo’lmasang,
Agar sen yonimda bo’lmasang,
Kerak emas menga dunyo,
Yulduzlarsiz nurli samo.

Gar sen yonimda bo’lsang,
Agar sen yonimda bo’lsang,
Doim baxtni his qilaman,
Muhabbat neligin bilaman.

Sening har bir tabassumingga
Hayotimni baxsh etay,
Gullar ochgan bahorlarga
Men seni olib ketay.

Bu dunyoda baxtimni men
Ko’zlaringda ko’rdim faqat,
Qalbimdagi bu tuyg’u
Atalar muhabbat.

Gar sen yonimda bo’lmasang,
Agar sen yonimda bo’lmasang,
Kerak emas menga dunyo,
Yulduzlarsiz nurli samo.
Gar sen yonimda bo’lsang,
Agar sen yonimda bo’lsang,
Doim baxtni his qilaman,
Muhabbat neligin bilaman. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonimda bo’lsang
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2015