• Real guruhi (Chopon Band) – Ko'ngil

    Real guruhi

    Ko’ngil

    Bormi ayt ko`ngil, hajringdan bo`lak?
    Ovora yurak ayro kelodur.
    Dard to`la ohlar izlab panohlar,
    Dilda nola-fig`on kelodur.

    Topganing – xayol, chekkaning – firoq,
    Iztiroblar ko`kka bog`lar bir sado.

    Oooo-oo-o, shaydo hol aro majnuningman-o,
    Oooo-oo-o, ishq sahrosida yo`ldadurman-o.
    Oooo-oo-o, vaslingga xumor, zor-u, zorman-o,
    Oooo-oo-o, ko`ksi sitamgar, intizorman-o.

    Yo`l olis, ammo umid yetaklar,
    Mayli ozor, janon keladur.
    Bog` aro sarxush aylasa gulob,
    Demakim, maydin giryon keladur.

    O`rtagay ko`ngil hijronda qaroq,
    Otashingdin sog`inch keltirsa darak.

    Oooo-oo-o, shaydo hol aro majnuningman-o,
    Oooo-oo-o, ishq sahrosida yo`ldadurman-o.
    Oooo-oo-o, vaslingga xumor, zor-u, zorman-o,
    Oooo-oo-o, ko`ksi sitamgar, intizorman-o. (x1+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.