Sen ayb qilarding, lek men gunohkor,
Go`yo men bevafo-yu sensan vafodor.
Seni chindan sevib bo`ldim aybdor,
Endi ne qilsang ham bekor.

Seni sevgandim hatto jonimdan ortiq,
Senga edim birgina vafodor, sodiq.
Dunyoda yo`q edi sendanda ortiq,
Lek endi hammasi bekor.

Sensan yuragimni tilka-poralab,
Berib menga yolg`on va’dalar,
Afsus endi hammasi tamom.
Sensan qoldirmagan menga choralar,
Qalbda qoldi bitmas yaralar,
Nahot endi hammasi tamom?

Sen qalbim erkasi, farishtam eding,
Aytgin bu nimasi, ne sabab o`zgarding?
So`zlaringda yolg`on jaranglar faqat,
Paydo qilib qalbda nafrat.

Sensan yuragimni tilka-poralab,
Berib menga yolg`on va’dalar,
Afsus endi hammasi tamom.
Sensan qoldirmagan menga choralar,
Qalbda qoldi bitmas yaralar,
Nahot endi hammasi tamom? (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensan
Xonanda:
Renat Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 13, 2017