• [Bojalar guruhi]
    Vujudimda muhabbat qoni oqar,
    Yuragimda sog`inch alanga yoqar.

    [Umidaxon]
    Dardim aytmoqlik uchun aylanmas zabon,
    Ko`ngil so`zin anglab ol, ko`zimga qarabon.

    [Shahzod]
    Xatolarim o`zimga bo`ldi dushman,
    Atrofingda aylangan sadosiz qushman.

    [Ruhshona]
    Qaniydi suhbatlashsam to`yib-to`yib,
    Orom topsam bag`ringga boshim qo`yib.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Bojalar guruhi]
    Asalim mani, jonim, shakarim mani.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Shahzod]
    Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.

    [Bojalar guruhi]
    Har kun tayyorlanaman bugun aytarman deb,
    Ammo jimgina qaytaman, ta’zirimni yeb.

    [Umidaxon]
    Birinchi sen aytsang, bo`lardi oson,
    Qalbimdagi izhorim sochardim shu on.

    [Shahzod]
    Aybim sezib, yuzingga qarolmayman,
    Dilingda ne borligin so`rolmayman.

    [Ruhshona]
    Bedorlikda tunlarim o`tar uzun,
    Sensizlikdan hayotim ostin-ustun.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Bojalar guruhi]
    Asalim mani, jonim, shakarim mani.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Shahzod]
    Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Bojalar guruhi]
    Asalim mani, jonim, shakarim mani.

    [Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
    Aytolmayman, aytolmayman ko`zlaringga,
    Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
    Ketolmayman, ketolmayman bir so`z tinglamay,
    [Shahzod]
    Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.

    [Bojalar guruhi]
    Aytolmayman, aytolmayman… {x2}
    Shunaqa…

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari