Ruhshona - Bilak uzuk

Ruhshona

Bilak uzuk

Chamanzorning gullaridan
Rang olganmi yal-yal atlas,
Egnimdagi baxmal nimcha
Tugmalari xuddi olmos.

Qo`limda ip-igna bilan
Kashta tikib o`tirarman,
Ko`zimni olmay yo`lidan
Yorginamni sog`inarman. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi. (x2)

Anorimning donasiday
Ziragimning yoqut ko`zi,
Bo`ynimdagi marjonimni
Olib bergan yorim o`zi.

Ariqdagi suvga qarab,
Qoshimga o`sma qo`yarman,
Ko`zimni olmay yo`lidan
Yorginamni sog`inarman. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam…
Zar do`ppimni kiyib olsam…

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bilak uzuk
Xonanda:
Ruhshona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016