• Ruhshona - Tilagim

    Ruhshona

    Bir yurt bor jahonda

    Yurakning har zarbi moziydan so`zlar,
    Qay kunni ko`rmadi bu qora ko`zlar.
    Mo`ltirar moychiroq yanglig` yulduzlar,
    Men seni momomdan so`rab olganman,
    Tunlarni kunlarga ulab olganman.

    Erksifat sakrashi tog`u qirlarda,
    Tulporlar pishqirar keng adirlarda,
    Ketmon tegmagan joy yo`q bu yerlarda,
    Men seni bobomdan bilib olganman,
    Dilni tuprog`ingga belab olganman.

    Bir yurt bor jahonda jannatiy, obod,
    Jonimdek qutlug`dir, ruhimdek ozod,
    O`zin o`tga urar bolam deb bir zot,
    Men seni otamdan tilab olganman,
    Kunda ming to`kilib, gullab olganman.

    G`ururim, sharafim, ko`zim qarog`im,
    Har soch tolasida nomus-ardog`im,
    Mehri o`zidan ham menga ko`prog`im,
    Men seni opamdan so`rab olganman,
    Kafting-la jonimni silab olganman.

    Bir yurt bor jahonda jannatiy, obod,
    Jonimdek qutlug`dir, ruhimdek ozod,
    O`zin o`tga urar bolam deb bir zot,
    Men seni otamdan tilab olganman,
    Kunda ming to`kilib, gullab olganman.

    Guvohlik ber o`zing, bokira osmon,
    Elni duo aylar farishta inson,
    Ul zot kafti to`la iymondir, iymon,
    Men seni onamdan tilab olganman,
    Tunlari sezdirmay yig`lab olganman.