Ruhshona - Fig'onkim qo'shiq matni, lyrics

Ruhshona

Fig’onkim

Fig`onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, {x2}
G`amim ko`p, ey ko`ngul, sen bexabarsen oh-u zorimdin. {x2}

G`uborim ishq vodiysida barbod o`ldi andog`kim, {x2}
Biyobonlarda Majnun to`tiyo izlar g`uborimdin. {x2}

Muhabbat dardida o`lsam, o`tib umrim ado bo`lg`ay,
Qamishlar o`rniga mehrigiyo ungay mozorimdan.

Adashgan kimsadek Furqat, qayon borgum bilolmasman,
Qachon bo`lg`aykim topg`ayman xabar yor o`z diyorimdan. {x2}

Fig`onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…
Fig`onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Fig’onkim
Xonanda:
Ruhshona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 14, 2018