Ruhshona - Vatan

Ruhshona

Vatan

Bobolardan meros qolgan nur vatan,
Boyliklarga makon bo’lgan dur vatan,
Quchog’i keng, bag’ri issiq nur vatan,
Tengsizimsan, tuprog’i zar vatanim.

Bir hovuch tuprog’ing surtib yuzimga,
Seni ona dedim qarab o’zimga,
Sendan bo’lak sirim aytaman kimga,
Tengsizimsan, tuprog’i zar vatanim.

Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borlig’im vatan.
Onaizorim, ko’ngilda borim,
Tengsiz chamanim o’zing vatan.

Har qadamda senga jon fido qilay,
Senga yaxshilikning kamolin ko’ray,
Tinchsan, osudasan, osmoning yorqin,
Madhing qo’shiq qilib tillarda kuylay.

Bag’ring go’zal, misoli jannatdir go’yo,
Farovon hayoting himmatdir go’yo,
Senga tan bermoqda hatto bu dunyo,
Tengsizimsan, tuprog’i zar vatanim.

Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borlig’im vatan.
Onaizorim, ko’ngilda borim,
Tengsiz chamanim o’zing vatan. (x2)
Borimsan Vatan!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan
Xonanda:
Ruhshona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2015