[Ruslan Sharipov]
Gulim, titramagin hasratlarimda,
Bezimas sendan ham bezib ketaman.
Yuragim yeb yotgan alamlarimni,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Yulduz Usmonova]
Men hali bahorni ko’rmagan chechak,
Tilsimlab qo’yilgan dard to’la ertak.
Ikki dunyo aro bo’lganim ermak,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Ruslan Sharipov]
Asli ko’rmaganim qadrin sog’indim,
Betoqat jon bilan sabrim sog’indim.
To’g’risi, qaro yer qabrin sog’indim,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Yulduz Usmonova]
Xo’rsinma, men yana savob etaman,
Haqqa yolvoraman, dardga yetaman.
Ajal sari ketdim, mahshar qaytaman,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim bo’lisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hasrat
Xonanda:
Ruslan Sharipov, Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2015