Ruslan Sharipov - Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini

Ruslan Sharipov

Yo’qchilik yiqitar

Dardu g’am nuratar ko’ngil to’rini,
Ko’z yoshing orttirar zamin sho’rini,
Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Bolangning ko’ziga qarolmaysan goh,
Og’ayning koriga yarolmaysan goh,
O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Tashvishlar o’raydi to’rt tomoningdan,
Suyak chiqib qolar yeyar noningdan,
O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Atalaga ham goh botmaydi tishing,
Topilmay qoladi bir yo’qlar kishing,
Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Xudo o’zi bilar kim qachon ketar,
Lekin dunyo kami diling xun etar.
Husningdan ayirar, kuning tun etar,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Orzu bog’i darddan beradi hosil,
O’ylayverib oxir bo’lasanku sil,
Osilsang ham yigit, sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Osilsang ham Ruslan, sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.

Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Manman degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.

Hayot zo’ridan, hayot zo’ridan,
Hayot zo’ridan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo’qchilik yiqitar
Xonanda:
Ruslan Sharipov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2013